Braziliya razvedka agentligi AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) prezident Luis Inasiu Lula da Silvaga qarshi davlat to‘ntarishi tayyorlamoqda, degan xulosaga kelgan. Bu ma’lumot Braziliya maxsus xizmatidagi manbalarga asoslanib, Vero Notícias nashrida e’lon qilingan.

Ma’lum qilinishicha, Agentlik (Abin) xodimlari AQSHning Braziliyaning sobiq rahbari Jair Bolsonaruni qo‘llab-quvvatlashi va uning tarafdorlarini mamlakat ichida muvofiqlashtirishi Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silvaga qarshi to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rish rejasi ekanligiga tobora ko‘proq dalillar topmoqda.
Ularning aytishicha, 2022-yil oxirida Lula da Silvaga qarshi davlat to‘ntarishiga uringanlik uchun Bolsonaruga qarshi davom etayotgan sud jarayoni Vashingtonning yordami bilan tobora ko‘proq siyosiy ta’qib sifatida ko‘rsatilmoqda.
Nomi oshkor qilinmagan braziliyalik diplomatlar AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan va 1 avgustdan kuchga kiradigan Braziliya tovarlariga 50 foizlik bojlar iqtisodiyotni zaiflashtirish va butun mamlakatni beqarorlashtirishga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashgan.
“To‘ntarishga urinishni tasdiqlash uchun faqat Xuan Guaydoning Braziliyadagi versiyasi yetishmayapti”, - dedi manba, 2019-yilda amaldagi rahbar Nikolas Maduro davrida o‘zini Venesuela boshlig‘i deb e’lon qilgan shaxsni nazarda tutib.
O‘shanda Oq uy Guaydoni prezident sifatida tan olgan, shundan so‘ng Venesuela Qo‘shma Shtatlar bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.
19-iyul kuni Lula da Silva AQShning boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi ularning suvereniteti va o‘zaro hurmatning xalqaro tamoyillarini buzayotganini ta’kidlagan.
Izoh (0)