Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi chog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampni “ruhiy xasta” deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Reallik shundan iboratki, ruhiy nosog‘lom, o‘ziga yuksak baho beruvchi va daho sanovchi, biroq hatto Amerika xalqi ham qabul qilmayotgan inson prezidentlik lavozimini egallab turibdi. Butun hayoti davomida po‘pisa, aldov va boshqa qing‘ir usullardan foydalanib kelgan o‘yinchi qo‘l ostida qizil tugma bo‘lgan mamlakatni boshqarayotgani achchiq haqiqat. Bugungi kunda dunyoda tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid shundan iborat”, — dedi Li Yon Xo.
Vazirga ko‘ra, prezidentligining 8 oyi davomida Tramp “Oq uyni hisob-kitoblar yuritiladigan g‘ala-g‘ovurli bozorga aylantirdi”. BMTda esa “pullar hurmat qilinadigan, qon to‘kish esa odatiy hol bo‘lgan qaroqchilar uyasi”ni tashkil etish niyatida.
Izoh (0)