Ottava Birlashgan mamlakatlar tashkilotida Falastin davlatini tan olishga erishmoqchi. Bu haqda Kanada hukumati rahbari Mark Karni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Kanada Isroil va Falastin aholisi uchun tinchlik va xavfsizlikni kafolatlaydigan ikki davlat tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Karni.
Shuningdek, u Ottava “barcha tashkilotlarda, shu jumladan BMTdagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidagi konferensiyada ham ushbu maqsadga erishish uchun faol ish olib borishini” ta’kidlagan.
Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kanada Isroil hukumatining G‘azo sektoridagi insonparvarlik vaziyatining tez yomonlashuvining oldini olishga qodir bo‘lmaganligini qoralaydi.
Bundan avval Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2025-yil sentyabrida Falastin davlatchiligini tan olish niyatini e’lon qilgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa o‘z mamlakati bu qadamni keskin qoralashini va Falastin davlatining tashkil etilishini o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rayotganini bildirdi.
Falastin davlatini 147 ta mamlakat tan olgan, AQSH ular qatoriga kirmaydi. 2024-yilda AQSH Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga veto qo‘ydi. 2024-yildan boshlab Falastinni o‘nta davlat, jumladan, Irlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Armaniston tan oldi.
Izoh (0)