BMTning Malidagi tinchlikparvarlik missiyasi tarkibidagi Bundesver vertolyoti halokatga uchradi, bortdagi ikkala uchuvchi ham nobud bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tiger vertolyoti yerdan o‘qqa tutilgani haqida dalillar yo‘q. Halokatga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Boshqa bir vertolyotda uning yaqinidan uchib o‘tgan guvohlar so‘zlariga ko‘ra, Tiger kutilmaganda, trevoga signalisiz burni bilan yerga qulagan.
Ta’kidlanishicha, 26-iyul kuni tushdan keyin Germaniyaning ikkita Tiger vertolyoti qo‘mondonlik tomonidan topshiriq bilan Gaodan shimolga yo‘naltirilgan. U yerda tinchlikparvarlar konvoyi o‘q yomg‘iri ostida qolgan, vertolyotlar esa ularga havodan ko‘mak berishi kerak edi.
Izoh (0)