Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 27-iyul, payshanba kuni “Kazavia” aviakompaniyasiga qarashli Yak-12 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Havo kemasi viloyatning Panfilov tumanida, “Sholkay” qishlog‘ida qulagan va yonib ketgan. Uning bortida uchuvchidan tashqari yana bir kishi bo‘lgan.
Samolyotdan makkajo‘xori maydoniga kimyoviy ishlov berishda foydalanilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)