Amerikalik olimlar qariyalar yashashi uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Kolumbiya universiteti ma’lum qildi.
Birinchi beshlikka Norvegiya, Shvetsiya, AQSh, Niderlandiya va Yaponiya kirdi. Ro‘yxatdan jami 30 ta mamlakat o‘rin olgan. Yuqori o‘nlikda Skandinaviya mamlakatlarining to‘rttasi ham bor (Finlyandiyani ham hisobga olganda).
Reyting beshta mezonni hisobga oladi, bular — ishchi kuchining unumdorligi, jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash, o‘ziga to‘q va kambag‘al qatlamlar o‘rtasidagi iqtisodiy farq, avlodlar aloqasi va xavfsizlik.
Izoh (0)