Isroil knesseti (parlamenti) 9-mayni natsitstlar Germaniyasi ustidan G‘alaba kuni sifatida nishonlash haqida qonun qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Hujjat bayramning maqomini, u o‘tkaziladigan sanani, shuningdek, tantanalarni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Deputatlar qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Ta’lim vaziri, “Yahudiylar uyi” partiyasi yetakchisi Naftali Bennett rus tilida “bugun yana bir G‘alaba kuni” ekanligini e’lon qildi.
Isroilliklar G‘alaba kunini avval ham keng nishonlagan, ammo bu an’ana birinchi marta huquqiy jihatdan belgilab qo‘yildi.
Izoh (0)