AQSh Rossiya, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalarni imkon qadar maksimal darajada qo‘llaydi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Senatorlardan biri vazirdan vakillari palatasi tomonidan qabul qilingan, Moskva, Tehron va Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni o‘z ichiga oladigan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashi haqida so‘radi.
“Ha. Takror aytaman, biz sanksiyalarni imkon qadar maksimal darajada qo‘llaymiz. Bizda qonun loyihasi ijro etuvchi hokimiyat vakolatlariga soya solishi va ba’zi cheklovlarni kiritishi haqida xavfsirashlar bor, ammo biz KXDR, Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Mnuchin.
“Biz ularni super tajovuzkorona qo‘llaymiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq AQSh senatorlari Rossiya, Eron va KXDRga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bir bitimga kelgan edi.
Izoh (0)