Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtatida 119 kishi toshqin qurboni bo‘ldi. Bu haqda First Post xabar bermoqda.
Mintaqada bir necha kundan beri shiddatli yomg‘irlar davom etmoqda. Ko‘p miqdordagi yog‘inlar Barnas daryosi to‘g‘oni yorib o‘tilishi xavfini tug‘dirdi. Shu munosabat bilan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga qaror qilindi va bu qirg‘oq yaqinidagi bir necha qishloq suv ostida qolishiga olib keldi.
Mazkur qishloqlar aholisi toshqin qurboni bo‘ldi. Tabiiy ofat barham topganidan so‘ng ularning soni ko‘payishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)