BAAning eng yirik shahri — Dubay iqtisodiyoti yaqin ikki yil ichida o‘sishda davom etadi. Bunday fikrni Dubayni iqtisodiy rivojlantirish qo‘mitasi raisi shayx Ahmad bin Said Al-Maktum bildirdi, deb yozadi UAE Inside.
Uning fikricha, amirlik global iqtisodiy o‘sishdan allaqachon o‘zib ketdi va pasayib boruvchi tendensiyalarga qarshi harakat qilmoqda.
O‘z nutqida Al-Maktum Dubai Plan 2021 an’anaviy ma’ruzasida 2016-yil yakunlari keltirilganini aytib o‘tdi, unda mintaqa ko‘rsatkichlariga nisbatan, Dubayning iqtisodiy samaradorligi yuqori natijalari qayd etilgan.
Bunday yuqori natijalarga Dubay iqtisodiyoti ichki bozorlarning barqarorligi, shuningdek, infratuzilmani diversifikatsiyalash va rivojlantirish sohasidagi siyosat sharofati bilan erishdi, deb hisoblaydi rais.
Izoh (0)