Suriyaning Idlib shahrida yuz bergan portlashlarda bir necha o‘nlab kishi, jumladan, tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Shaam ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Portalga ko‘ra, xudkush boshqargan minalashtirilgan mashina “Tahrir ash-Shom“ qurolli muxolifat guruhi harbiy konvoyiga kelib urildi.
Guvohlar keyingi portlashlar konvoy avtomobillarida o‘q-dori detonatsiyasi natijasi bo‘lganini bildirmoqda.
Hodisa qurbonlari soni haqida turlicha ma’lumot berilmoqda. Shaam portlashlarda 14 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab kishi yaralanganini ta’kidlasa, Almayadeen 50 kishi, jumladan, tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirdi.
Izoh (0)