Qirg‘izistonda AQSh aviabazasining joylashuvi mamlakat xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan edi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yashirib o‘tirmayman, ayrim davlatlar zarurat tug‘ilgan taqdirda hududimizda joylashgan AQSh aviabazasiga raketa zarbasi berishga tayyor ekanliklari haqida ogohlantirgandi. Bu 2014-yil —to baza respublikadan olib chiqilmaguncha davom etdi. Fuqarolarimiz o‘sha paytga qadar jiddiy xavf ostida bo‘ldi”, — izoh berdi Atambayev Cho‘lponotadagi matbuot anjumanida.
Atambayevga ko‘ra, jumladan, shu sababli ham Qirg‘iziston Bishkek aeroportiga 2001 yilda joylashtirilgan va Afg‘onistonda NATO harbiy operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan AQSh aviabazasini yopishga qaror qildi.
Rossiya bilan ham uning aviabazasini Qirg‘iziston hududida joylashtirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan, biroq yangi kelishuvda harbiy kuchlarning mamlakatda bo‘lish muddati 74 yildan 15 yilgacha qisqartirildi.
Izoh (0)