Xudkush terrorchi tomonidan Afg‘oniston hukumati rahbarining o‘rinbosari Muhammad Muhaqqiqning uyi yaqinida transport vositasining portlatib yuborilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Avvalroq, portlash oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani va 42 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.
Pajhwok agentligining IIV matbuot kotibiga asoslanib aniqlik kiritishicha, avtomobil mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da portlagan. Jabrlangan 42 kishidan 15 nafari shifoxonaga yetkazilgan. Pajhwok muxbirining ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi — tinch aholi vakili.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra “Tolibon” harakatining jangarilari terakt bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. “Tolibon” vakili Zabixulla Mujahid Twitter’da 37 nafar “maxsus xizmat xodimlari” o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)