“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan va 24 kishining umriga zomin bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda Pajhwok agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Terrorchi-xudkush mamlakat hukumati rahbarining o‘rinbosari Muhammad Muhaqqiqning uyi yaqinida transport vositasini portlatib yubordi.
Agence France-Presse manbalariga ko‘ra, tog‘-kon sanoati va neft vazirligi xodimlarini olib ketayotgan avtobus hujum uchun ko‘zlangan nishon bo‘lishi mumkin.
Qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillari ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)