Qirg‘izistonda rossiyalik harbiy xizmatchilar aksilterrorchilik kuchlarining jangovar shayligini tekshirish doirasida Issiqko‘l ko‘lidagi Qorako‘l dengiz sinov poligonida shartli qo‘poruvchilar hujumini qaytardi, deb yozadi “RBK”.
Harbiy mashg‘ulot chog‘ida uchta shartli qo‘poruvchi-terrorchilar guruhi suvdan va quruqlikdan harbiy obyektga bostirib kirib, ma’muriy va omborxona binolarini egallab olishga urindi. Navbatchi kuchlar jangarilarni aniqladi va jang uyushtirdi.
Harbiylar shartli qo‘poruvchilarni suvga siqib bordi, shundan keyin katerni egallab olgan qo‘poruvchilarni zudlik bilan javob qaytarish dengiz guruhi zararsizlantirdi.
Izoh (0)