Insonning koinotga birinchi parvozi haqidagi ilk hujjat Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksion uyida 47,5 ming dollarga sotildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Savdolarga titul varag‘i, Yuriy Gagarinning taassurotlari bitilgan maktub va uning germetik qalpoqdagi surati qo‘yildi.
Mazkur hujjat Xalqaro aviatsiya federatsiyasiga jo‘natish uchun tayyorlangan, biroq keyinchalik uning o‘rniga boshqasi yuborilgandi.
Sotheby’s vakillari hujjatni “koinot zabt etilgan ilk davr yodgorligi” deb atadi, Gagarinning koinotdan Yerning ko‘rinishi taassurotlarini esa Kolumb, Vespuchchi va Magellan kashfiyotlari hamda sayohatlari bilan bir qatorga qo‘ydi.
Izoh (0)