Quyosh qa’ridagi magnit faolligi oxirgi yillarda sezilarli darajada pasaydi va rekord darajadagi past ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda. Bu haqda MNRAS jurnalida chop etilgan maqolada so‘z boradi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Quyoshning oxirgi faollik avjlari rekord daraja past, joriy davr davomidagi minimumi esa haddan ziyod uzun bo‘ldi. Kelgusi davr minimumi o‘tgan galgidek bo‘lishi yoki odatiy me’yorga qaytishini kuzatish juda qiziqarli bo‘ladi”, — deydi Britaniyaning Birmingem universiteti xodimi Ivonna Elsvort.
Quyosh faolligi undagi dog‘lar va magnit maydonidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq chaqnashlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur faollik davri (maksimumdan maksimumgacha) taxminan 11 yilga cho‘ziladi.
Quyosh faolligi yillarida magnit bo‘ronlari kuchayadi va ko‘payadi. Bu esa, o‘z navbatida, texnik muammolar va kishilarning holi qurishiga olib keladi.
Izoh (0)