Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchisini reysdan olib qolish va Buyuk Britaniyadan deport qilib yuborishdan oldin Londonning Xitrou aeroportidagi samolyot bortida do‘pposlashdi. Mojaroning videosini Axtzaz Ali o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joyladi.
O‘sha reys bilan Istanbulga uchayotgan sayohatchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa 17-iyun, shanba kuni sodir bo‘lgan. Parvozdan oldin samolyot bortiga ko‘rinishidan Britaniya immigratsion xizmati xodimiga o‘xshash erkak ko‘tarilgan, deya aniqlik kiritdi Daily Mail.
Ushbu odam afg‘onistonlik bo‘lgan yo‘lovchining yuziga bir necha marta urgan va uning boshini devorga tiragan. Bunga javoban yo‘lovchi o‘z vataniga deport qilib yuborishayotgani, u yerda esa o‘zining hayoti xavf ostida ekanligi haqida baqirgan. Alining eslashicha, sodir bo‘lgan voqeadan yo‘lovchilar hayratga tushgan, ba’zilar hatto yig‘lagan.
Britaniya IIB vakilining ma’lum qilishicha, ular alohida holatda deport qilinayotgan voqealarga izoh berishmaydi. Shu bilan birga vakil agarda biror-bir shaxs mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lsa va o‘z xohishi bilan uni tark etishni istamasa, xavfsizlik kuchlari kerakli choralar qo‘llanilishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)