Yevroittifoq kengashi Qrimga taalluqli sanksiyalarni yana bir yilga uzaytiradi. Tuzilmaga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgda shunday qaror qabul qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shu tariqa, Qrim va Sevastopolga tegishli sanksiyalar 2018-yil 23-iyunga qadar uzaytirildi.
Qrim masalasida Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar yarimoroldan Yevroittifoqqa mahsulotlar importi, Qrimga investitsiyalar kiritish va turizm sohasidagi xizmatlarga taqiqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qator mahsulot va texnologiyalar eksporti man etiladi.
Izoh (0)