Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Xuanxua shahrida joylashgan fabrikada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yong‘in 18-iyun, yakshanba kuni kechki payt, fabrikada 7 kishi qolgan payt ro‘y berdi. Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 4 kishi kasalxonada olamdan o‘tdi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, fabrika aprel oyidayoq ekologik standartlar talablariga javob bermagani uchun o‘z ishini to‘xtatishi lozim edi. Biroq taqiqqa qaramay, faoliyati to‘xtatilmagan.
Politsiya tekshiruvni boshladi, fabrika egasi qo‘lga olindi.
Izoh (0)