Suriyada IShID jangarilariga qarshi raketa zarbalari ekstremistlar Eron xavfsizligiga nisbatan harakatlarni amalga oshirgan taqdirda davom ettiriladi. Bu haqda Eron islom inqilobi posbonlari korpusi yetakchilariga tayanib, AP ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“General Ramazon Sharifga ko‘ra, agar IShID jangarilari Eron xavfsizligiga putur yetkazadigan aniq harakatlarni amalga oshirsa, so‘zsiz, katta ko‘lam va yangi kuch bilan raketalar uchiriladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Yuqori martabali Eron harbiysi 18-iyun, yakshanba kuni Suriya sharqidagi bazalarga 700 kilometrgacha masofaga yetib borishga qodir 6 ta raketa yo‘llanganini ma’lum qildi. General ularning uchirilishini “muvaffaqiyatli, biroq cheklangan” deb aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)