Ba’zi hollarda yomg‘irli bulutlar ulkan to‘lqin ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bulutlarning bu kabi shakli atmosfera frontining chegarasida — chaqmoqning old chekkasida dengiz oqimiga bog‘liq ravishda havo massasi ta’sirida paydo bo‘ladi. Ularning tabiati oxiriga qadar o‘rganilmagan; gipotezalardan biriga ko‘ra bu siklonlarning spiral qismi, deb xabar beradi National Geographic.
Bu kabi bulutlarning yana bir nomi — bo‘ron yoqasi: uning ortida tartibsizliklar, toshqinlar va chaqmoqlar keladi, yer ustida esa atmosfera bosimining darajasi o‘zgaradi. Avstraliyada bu kabi bulutlarning “morning glory” turi uchab turadi, uning uzunligi 1000 kilometrga yetishi mumkin.
Shvetsiyaning Skone provinsiyasida mahalliy aholi bu turdagi bulutlarni yomon ko‘radi. Ular bu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga “Qiyomat kunining bulutlari” deya nomlab joylashtirishgan.
Izoh (0)