Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh prezidenti Donald Trampning Tehrondagi teraktlar munosabati bilan yo‘llagan hamdardligini “ziddiyatli” deb baholadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Oq uyning ziddiyatli bayonoti va Senat sanksiyalari eronliklar AQSh mijozlari qo‘llab-quvvatlaydigan terrorchilik bilan kurashayotganda yangradi. Eron xalqi AQShning bunday do‘stlik izhorini rad etadi”, — deyiladi vazir Twitter’dagi sahifasida qoldirgan yozuvda.
AQSh prezidenti o‘zining hamdardligida Eron terrorizmning homiysi va qurboni ekanligini bildirgandi.
“Terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlar o‘zlari ilgari suradigan yovuzlik qurboniga ham aylanishi mumkin”, — ta’kidladi Tramp.
Izoh (0)