Novosibirsk metropolitenida yo‘lovchilar buzilib qolgan poyezdni itarishlariga to‘g‘ri keldi, deb“Novosibirsk AST-54 evakuatsiya xizmati o‘zining “VKontakte” sahifasida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hodisa “Krasniy prospekt” metro bekatida sodir bo‘lgan. “Tarkib yo‘lni tezroq bo‘shatishi uchun yo‘lovchilar uni itarishda yordam ko‘rsatdi”, — deb keltiriladi xabarda.
Beshinchi kanalning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar poyezdni zaxira relsiga itarib joylashtirishgan.
“Kp.ru”ning ma’lumotlariga ko‘ra, tarkibning to‘xtab qolishiga sabab mashinist tomonidan vagonlardan birining boshqaruv tizimida nosozlik paydo bo‘lganini sezib qolgani bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, almashtirish besh daqiqa ichida amalga oshirilgan.
Izoh (0)