Janubiy Afrika respublikasida 8 kishi toshqinlar qurboni bo‘ldi. Jabrlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum qilinmadi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Mamlakatning nufusi bo‘yicha ikkinchi shahri — Keyptaunga kuchli jala va shiddatli shamol yopirildi. Minglab odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Shaharning eng ko‘p suv bosgan hududlarida evakuatsiya amalga oshirildi. Keyptaunning asosiy magistrali harakat uchun yopilgan.
Izoh (0)