Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida joylashgan mushakbozlik vositalarini ishlab chiqaruvchi fabrikada portlash va yong‘in yuz berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Oqibatda kamida 25 kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi jabrlandi, ular o‘ta og‘ir ahvolda.
Hodisa 7-iyun kuni 15:00 (Toshkent vaqti bilan 14:30)da Balagxat okrugidagi fabrikada sodir bo‘ldi. Voqea chog‘ida fabrikada 40 ga yaqin ishchi bo‘lgan, ularning ko‘pchiligini ayollar tashkil qilgan. Politsiya xabariga ko‘ra, portlash natijasida binoning bir qismi qulab tushib, odamlar yo‘lini to‘sib qo‘ygan.
Qutqaruv ishlari tunga qadar davom etdi, portlash sabablari aniqlanganicha yo‘q, tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)