Mayamida o‘tkazilgan tennis musobaqasining germaniyalik Tommi Xaas va chexiyalik Irji Veseli ishtirokidagi birinchi davra uchrashuvida kortga iguana chiqib keldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Iguana elektron tabloga o‘rmalab chiqdi, keyinroq esa tribunadagi tomoshabinlar olqishi ostida kort bo‘ylab yugurdi. Odamlar uni tutishga urindi, biroq bu besamar yakunlandi.
Iguana tablo ustida o‘tirgan vaqtda Xaas telefonini olib, u bilan selfiga tushdi va suratni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)