Sakkizta mamlakat harbiy-havo kuchlari NATOning “Dengiz qalqoni” (Sea Shield) harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Unda havo, suv osti va yer usti hujumlarini daf qilishning standart uslublari mashq qilinadi.
Mashg‘ulotlarda Bolgariya, Kanada, Gretsiya, Ruminiya, Ispaniya, AQSh, Turkiya va Ukrainadan 2,8 ming harbiy xizmatchi, 16 ta suv usti kemasi, bitta suv osti kemasi va o‘nta samolyot qatnashadi.
O‘quv mashqlari 1—10-fevral kunlari Qora dengiz akvatoriyasining sharqiy qismida 80 ming kvadrat kilometr maydonda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)