AQSh sobiq prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel bilan birgalikda britaniyalik milliarder, Virgin Group xoldingi egasi Richard Brenson bilan Britaniyaning Virginiya orollarida hordiq chiqarmoqda. Bu haqda TMZ’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.
O‘z xabariga dalil sifatida nashr Obama va Brensonning ta’til vaqtidagi suratlarini ilova qildi. Sobiq davlat rahbari va birinchi xonimi AQShda qator aerokosmik loyihalarni amalga oshirayotgan britaniyalik tadbirkorga tegishli Neker orolida mehmon bo‘lib turibdi.
Suratlarda qora beysbolka, futbolka va sport shimini kiyib olgan Obama AQShdagi notinchliklardan uzoqda bemalol dam olayotganini ko‘rish mumkin. “U prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan farmonlar tufayli bir necha kundan buyon qizg‘in namoyishlar girdobida qolgan AQShga qaytishga hech ham shoshilmayotganga o‘xshaydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)