Qozog‘istonda oxirgi paytlarda davlat sirini oshkor etishda gumon qilinib, yuqori lavozimlarda ishlagan 5 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) 16-yanvar, dushanba kuni prezident ma’muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari Baglan Maylibayev hibsga olinganini ma’lum qildi. Maylibayev Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “Davlat sirlarini noqonuniy yig‘ish, tarqatish va oshkor etish” moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. U bilan birga prezident ma’muriyati ichki siyosat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nikolay Galixin ham qo‘lga olingan.
Oldinroq, o‘tgan yil dekabrida MXQ yuqoridagi va “Xizmat vakolatlarini oshirib yuborilishi” moddasiga muvofiq prezidentning sobiq maslahatchisi, 2001—2006-yillarda qo‘mita raisi lavozimini egallagan Nortoy Dutbayevni qo‘lga olgandi. U bilan birga Nurlan Hasan va Yerlan Nurtayev ham mazkur ish doirasida javob bermoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)