8 nafar badavlat biznesmenning umumiy kapitali dunyodagi 3,5 milliard kishining jami mablag‘iga teng. Bu haqda An economy for the 99 percent deb nomlangan hisobotga tayanib, Oxfam ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Tadqiqotda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq avval hisoblanganidan qaraganda kattaroq ekanligi bildirilgan. Ekspertlarga ko‘ra, soliqdan bo‘yin tovlayotgan, maoshlarni pasaytirayotgan va siyosatga ta’sir o‘tkazayotgan tadbirkorlar bu farqni yanada chuqurlashishiga hissa qo‘shmoqda.
Hisobotda ilk trillion egasi 25 yil davomida paydo bo‘lishi mumkinligi, ayni paytda dunyodagi har o‘ninchi kishi kuniga 2 dollardan kam summaga kun kechirayotgani ta’kidlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)