Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi mojaroning asosiy ishtirokchisi bo‘lgan Chxve Sun Sil davlat rahbariga nisbatan impichment masalasini ko‘rib chiqayotgan Konstitutsiyaviy sud yig‘ilishida guvoh sifatida paydo bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ayol sud binosiga tergov izolyatoridan qo‘riqchilar hamrohligida olib kelindi. U hokimiyatni suiiste’mol qilish, tamagirlik va firibgarlik ayblovlari bilan o‘tgan yil noyabridan beri hibsxonada saqlanmoqda.
Konstitutsiyaviy sud vakili ayblanuvchining keltirilishiga “Chxve Sun Sil ushbu murakkab ish tafsilotlariga aniqlik kiritishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berishi kutilmoqda”, deya izoh berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)