Avstraliyaning Melburn shahrida olti kishi momaqaldiroq tufayli tutgan astma xurujidan vafot etdi, deb yozadi “Korrespondent.net” Reuters’ga tayanib.
Ayni paytda besh kishiga intensiv tibbiy yordam berilmoqda, uch kishi og‘ir ahvolda yotibdi.
Viktoriya shtatidagi kuchli shamol va yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan yuqori darajadagi namlik tufayli, raygras (tez o‘suvchi boshoqli o‘t) gulchanglari uchib tarqalib ketdi, oqibatda astma xurujlari yuzaga keldi. Bunday astma turini “momaqaldiroq astmasi” deb atashdi.
Izoh (0)