Noma’lum kimsalar 22-noyabr, seshanba kuni gonkonglik erkakning oltin yombilar solingan sumkasini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Tillaning qiymati 20 million Gonkong dollari (2,58 million AQSh dollari)ga teng bo‘lgan.
Megapolis ko‘chalaridan birida pichoq bilan qurollangan bir necha kishi jabrlanuvchining ustiga noma’lum suyuqlikni quyib yuborgan va uning oltin solingan sumkasini olib, qochib qolgan.
Ayni paytda politsiya voqea joyida dalil yig‘moqda. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmayapti.
Izoh (0)