BMT Bosh Assambleyasi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan rezolyutsiyalarni qabul qildi, deb yozadi “TASS”. Har uchala hujjat ovoz berishsiz ma’qullandi.
MDHga taalluqli hujjatda tashkilotning “savdo va iqtisodiy taraqqiyot, statistik ma’lumotlar va iqtisodiy axborot bilan ayirboshlash, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm, fan va innovatsiyalar, atrof-muhit muhofazasi hamda tabiiy va texnogen ofatlarga qarshi kurash kabi sohalarda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash” bo‘yicha faoliyatiga e’tibor qaratilgan. Bosh Assambleya BMT bosh kotibiga ikkala tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida MDH ijrochi kotibi bilan doimiy maslahatlashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.
Rezolyutsiyalardan yana biri “Shanxay hamkorlik tashkilotining tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yordam berish, ahil qo‘shnichilik aloqalarini va o‘zaro ishonchni mustahkamlash borasidagi muhim roli”ni qayd etadi.
Izoh (0)