Litva prezidenti Dalya Gribauskaytedan 5 million yevro talab qilgan mamlakatning Anikshchyaysk tumanida yashovchi 23 yoshli Yustinas Survila tamagirlikka uringani uchun shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Huquqbuzar 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi, biroq aybini to‘liq tan olgani va qilmishidan pushaymon ekanligini hisobga olib, sud jazoni uchdan biriga — 2 yil va 8 oygacha qisqartirdi. Uning avval sudlanmaganini hisobga olib, mahkama jazodan ko‘zda tutilgan maqsadga qamoqda saqlashsiz ham erishsa bo‘ladi, degan qarorga keldi. Jazoni o‘tash 1,5 yilga kechiktirildi.
Survila shu yil 25-fevralida mobil telefon orqali prezident ma’muriyatiga Litvadagi bir necha maktabda bomba portlatish bilan tahdid qilingan xabar jo‘natgandi. Bu niyatidan voz kechishi uchun esa prezident Dalya Gribauskaytedan 5 million yevro talab qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)