26–30-sentabr kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston–Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegaralari demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasiga ilova qilinadigan demarkatsiya bo‘yicha ekspertlar darajasida tayyorlangan yakuniy hujjatlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash davom ettirildi.
“Muzokaralar ishchanlik muhitida, do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)