Kashmirning Pokiston tomonidan nazorat qilinadigan Muzaffarobod shahri tog‘li yo‘lida mikroavtobus bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasida kamida 23 kishi halok bo‘ldi. Avtobus 100 metr balandlikdan daryoga quladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa oqibatida kamida 23 halok bo‘ldi va uch kishi jabrlandi.
“Hozircha faqat uch jasad topildi, qolganlarini daryo oqimi olib ketdi. Ularning barchasini o‘lgan deb hisoblamoqdamiz, chunki omon qolish uchun hech qanday imkoniyat bo‘lmagan”, — deya ma’lum qildi AFP agentligiga mahalliy mansabdor.
Izoh (0)