Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Olimlar Yer atmosferasida kislorod kamayayotganini aniqladi. Hayot uchun zarur bo‘lgan gaz miqdori so‘nggi 800 ming yil ichida 0,7 foizga kamaydi. O‘z xulosalarini tadqiqotchilar Science jurnalida chop etilgan maqolada keltirib o‘tdi.

Foto: “Inforesist.org”

Foto: “Inforesist.org”

Yerda hayot yuzaga kelishidan oldin sayyora atmosferasida kislorod bo‘lmagan. Sianobakteriyalar paydo bo‘lgach, uning zichligi osha boshlagan. So‘nggi bir necha yuz million yil ichida sayyoraning havo qatlamidagi gazlar tarkibi barqaror darajada bo‘lib kelgan.

Tadqiqotchilar so‘nggi bir necha yuz ming yil davomidagi atmosferadagi kislorod konsentratsiyasi darajasini tekshirib ko‘rdi, buning uchun Grenlandiya va Antarktidan olingan muz namunalarini tahlil qildi. Ularda o‘tmishdagi havo tarkibi haqidagi ma’lumotni o‘zida saqlovchi pufakchalar bo‘ladi. Olimlar kislorod va azot izotoplari nisbatlarini aniqlab, hayot uchun zarur gaz miqdori qariyb bir foizga kamaygan, degan xulosaga keldi.

Olimlar bunga bir nechta sabablarni taklif qilmoqda. Birinchidan, eroziya tezligining oshishi oksidlanish jarayonlarini kuchaytirgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, so‘nggi million yillar ichida gidrosferaning o‘rtacha harorati kamaydi, natijada okeanlar o‘zida ko‘proq kislorodni eritib yuborishga qodir bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xitoyda “Tom va Jerri”dan ilhomlangan 4 yashar bola 26-qavatdan sakradi
Sport
Norway Chess—2023. Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 30-may kuni klassik yo‘nalish bahslari start oladi
Shou-biznes
Amerikalik xonanda va aktrisa Selena Gomesning Los-Anjelesdagi 2 mln dollarlik hashamatli uyiga sayohat (foto)