AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriya bo‘yicha muzokaralarda biroz progressga erishilganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Men Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdim, biz g‘oyalarimiz bilan bo‘lishdik va bizda biroz progress kuzatildi. Biz ba’zi qo‘shma g‘oyalarni konstruktiv yo‘nalishda baholash bilan bandmiz”, — dedi Kerri.
Lavrov va Kerri avvalroq Jenevada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga qaratilgan hujjatlar paketini kelishib olgan edi. 12-sentabrdan Suriyada yarashuv sulhi kuchga kirdi, ammo Rossiya mudofaa vazirligi u doimiy ravishda muxolifat tomonidan buzilayotganiga bir necha marta e’tibor qaratdi.
Izoh (0)