Italiya markazida 24-avgust kuni ro‘y bergan, 300 ga yaqin odamning halokatiga sabab bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘rilgan zarar 4 milliard yevroga baholanmoqda. Bu haqda matbuot anjumani chog‘ida mamlakat bosh vaziri Matteo Rensi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Eng minimal baholarga ko‘ra, zarar 4 milliard yevrodan kam emas. Biz hozircha faqat eng katta talafot ko‘rgan, odamlar halok bo‘lgan tumanlardagi zararni hisoblab chiqdik, aslida esa ularga yondosh ko‘pgina hududlarda zararlangan binolar mavjud”, — dedi hukumat rahbari.
Fuqarolik himoyasi departamenti rahbari Fabritsio Kurchoning ma’lum qilishicha, uy-joyidan mahrum bo‘lgan 3 ming odam uchun bino etilgan vaqtinchalik shaharchaning qurilish ishlariga 7 oy sarflandi.
Eslatib o‘tamiz, zilzila Italiya markazida 24-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 kilometr chuqurlikda joylashgan edi.
Izoh (0)