Daryo

Italiyaning Amatriche shahri zilzila tufayli vayron bo‘ldi

Zilzilani mamlakatning boshqa ko‘plab shaharlar, jumladan, Rim aholisi ham yaqqol sezgan

1 daqiqa o‘qish16 598 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / @magar81

Italiyaning Amatriche shahrida yuz bergan zilzila jiddiy vayronagarchiliklarga olib keldi, odamlar binolar xarobalari ostida qoldi, deb yozadi “RIA Novosti” shahar meri Serjio Pirotssiga tayanib.

Foto: Twitter / @magar81

Avvalroq Yevropaning EMSC seysmologiya markazi Italiya markaziy qismida 6,1 magnitudali zilzila kuzatilganini ma’lum qilgan edi. AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari kuchi 6,2 ni tashkil qilgan.

Zilzilani mamlakatning boshqa ko‘plab shaharlar, jumladan, Rim aholisi ham yaqqol sezgan.

“Shaharga olib boradigan va u yerdan olib chiqadigan ko‘chalar to‘silgan. Shaharning yarmi yo‘q bo‘lib ketdi. Odamlar vayronalar ostida qoldi… Yer o‘pirilishi ro‘y berdi, ko‘prik qulab tushgan bo‘lishi mumkin”, — dedi Pirotssi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar