Turli jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar AQSH va Turkiyada topilib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Amerika hamda Turkiya tomonlari bilan qo‘shma saʼy-harakatlar natijasida, turli jinoyatlar, jumladan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa qilmishlarni sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tomonidan qidiruv eʼlon qilingan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlardan chiqarib yuborildi.

Amerika va Anqara Interpol Milliy Markaziy byurosi, AQSH va Turkiya vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxslarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Buning natijasida, AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar jinoyatchi Nyu Yorkdan Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga olib kelindi. Yana ikki kishi esa Istanbuldan chiqarib yuborilib, tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida tegishli xodimlarga topshirildi.
Izoh (0)