Rossiya prezidenti ishlarini boshqarish bo‘yicha korxonalardan birining rahbari Dmitriy Kryukov Moskva markazidagi ofisida otib o‘ldirilgan holatda topildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib.
“Kecha (22-sentabr) kechqurun Arbat ko‘chasi, 54/2 manzilida joylashgan ma’muriy bino ofislaridan birida erkak kishining o‘qotar quroldan yaralangan jasadi topildi”, — dedi agentlik hamsuhbati.
Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar marhum shaxs Rossiya Federatsiyasi prezidenti ishlarini boshqarish bo‘yicha “Prezident-servis” Federal davlat unitar korxonasining 45 yoshli bosh direktori Dmitriy Kryukov ekanligini aniqladi.
Voqea joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, hodisa yuz bergan vaziyat aniqlanmoqda, jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasi hal etilmoqda.
Izoh (0)