Toshkent shahrida piyodalar uchun mo‘ljallangan zinadan mashinada tushgan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanidagi ko‘chalardan birida Gentra haydovchisi mashinaga o‘rnatilgan jihozlarni sinab ko‘rish maqsadida avtomobilini piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan zinadan pastga haydab tushgan.
“Piyodalar tushishi kerak bo‘lgan joydan, avtomobilda tushganim uchun qonun doirasida chaqirtirishdi. O‘zimizcha xavfsizlik qilib olganmiz, lekin bu qonunga zidligi xayolimizda bo‘lmagan”, deydi qoidabuzar haydovchi.
Fuqaroning sodir etgan qonunbuzarligi bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, kelgusida bu ishlarni takrorlamasliklari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Izoh (0)