Euronews telekanali ijodiy guruhi Namangan viloyatining Chust tumanida bo‘lib, pichoqlar tayyorlash jarayonini tasvirga oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Chustlik ustalar pichoqlar yasash bilan bog‘liq barcha bosqichlarni ijodiy guruhga batafsil namoyish etdi. Tasvirga olish jarayonida ustaxonadagi muhit, metall qizdirish, unga shakl berish va milliy naqshlar bilan bezash jarayonlari aks ettirildi.

Viloyat turizm boshqarmasi mutasaddilarining bildirishicha, Euronews telekanali tomonidan namoyish etiladigan lavha Namangan hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishish, viloyat turizm salohiyatini targ‘ib etish va Chust pichoqlarining brend sifatida yanada tanilishi uchun xizmat qiladi.
Izoh (0)