Terrorchilarga nisbatan zarbalarni muvofiqlashtiruvchi Rossiya-Amerika ijroiya markazi yaqin kunlar ichida Jenevada ishga tushadi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Ikkala mamlakat harbiy ekspertlari birgalikdagi aviazarbalar qaysi terrorchilik guruhlariga berilishini o‘zaro kelishib olishi kerak.
“Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra (9-sentabrdagi), markaz bitimga erishilganidan boshlab yetti kun ichida ishga tushishi kerak. Ya’ni, yaqin kunlarda Jenevada, bizning va amerikalik sheriklarimiz bilan”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Gatilov.
AQSh davlat departamenti vakili Mark Tonerning 9-sentabrdagi bitimga ko‘ra, Rossiya va AQSh IShIDga emas, faqat “Jabhat an-Nusra”ga aviazarbalar berishga kelishib olgani haqidagi bayonotiga izoh berar ekan, Gatilov bu masala hali ikki mamlakat harbiy ekspertlari o‘rtasida kelishib olinishi kerakligini aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)