Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp 14-sentabr, chorshanba kuni Dr.Oz Show teledasturini suratga olish jarayonida o‘zining oxirgi tibbiy tekshiruvi xulosalarini taqdim etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xulosalar mazmuni tibbiy dastur efirga chiqadigan kuni ma’lum bo‘ladi. Trampning salomatligi ko‘rigi oldinroq agar u saylovlarda g‘olib chiqsa, eng mustahkam sog‘likka ega prezident bo‘lishini bildirgan shifokor Garold Bornsteyn tomonidan o‘tkazildi.
Teledasturni suratga olish jarayonida Tramp 15 funtga (6,7 kilogramm) ozish niyatida ekanligini ma’lum qildi va o‘zining jismoniy mashqlari hamda parhezini muhokama qildi. Sog‘liqni saqlashga oid keng doiradagi, jumladan, Zika virusi bilan kurash masalalarini tilga olib o‘tdi.
Trampning saylovoldi shtabi uning salomatligi haqidagi hujjatni 15-sentabr, payshanba kuni tarqatishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)