AQSh Iroqqa eng yaqin vaqtlar ichida gumanitar yordam sifatida 180 million dollar taqdim etadi. Bu haqda rasmiy tashrif bilan Iroqda bo‘lib turgan davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Entoni Blinken ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Blinken Iroqqa tashrifi chog‘ida Iroq xalqi uchun 181 million dollardan oshiq qo‘shimcha gumanitar yordam berilishini, natijada 2014-moliya yilidan buyon ajratilgan mablag‘lar hajmi qariyb 1,1 milliard dollarga yetishini ma’lum qildi.
Ushbu ko‘mak iroqliklarga Mosulni IShID eketremistik guruhi terrorchilaridan ozod qilish bo‘yicha rejalashtirilgan harbiy operatsiya tufayli ajratilmoqda. Mablag‘lar, shuningdek, BMT hamda iroqlik qochoqlarga yordam ko‘rsatayotgan boshqa xalqaro va nohukumat tashkilotlar missiyalariga taqdim etiladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)