Rossiyaliklarning aksariyati (78%) Yaponiyaga bahsli Kuril orollari berilishiga qarshi. “Levada-Sentr” tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya ma’lum qiladi “Vedomosti”.
Rossiyaliklar mazkur masalada murosaga ham rozi emas: ularning 71 foizi mamlakat yirik orollarni (Urup va Iturup) olib qolib, Yaponiyaga ikki kichik orolni (Xabomai va Shikotan) berilishiga ham qarshi. Har yettinchi kishiga (13%) ushbu g‘oya ma’qul kelgan, so‘rov ishtirokchilarining 16 foizi bu borada fikr bildirishga qiynalgan.
Umuman olganda, rossiyaliklar Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi imzolash va kredit hamda texnologiyalar olishdan ko‘ra (21%) bahsli orollar mamlakat tarkibida qolishini (56%) afzal bilgan. Tinchlik shartnomasi imzolanishini so‘ralganlarning 48 foizi muhim, 38 foizi esa ahamiyatsiz hisoblagan.
Izoh (0)